01/05/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning aprel oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.



 Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2024-yil aprel oyiga nisbatan) oʻsish darajasi 10,1 % ni tashkil etgan.

 2025-yilning aprel oyida isteʼmol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 1 % ga oshgani kuzatilgan.

 Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat koʻrsatish obyektlarida 170 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.

 Kuzatuv davomida 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari oʻrganilgan.

 

 

Matbuot xizmati