Shu yilning 30-aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlarini tashkil etishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda boshqarma boshligʻining oʻrinbosari U.Bardiyev, Investitsiya va qurilish boʻlimi boshligʻi B.Tillayev va tuman (shahar) statistika boʻlimlarining mazkur kuzatuvni oʻtkazishga masʻul boʻlgan xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.
Seminar davomida barcha xodimlarga kuzatuvlarni sifatli va oʻz vaqtida oʻtkazish hamda ish jarayonida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tushuntirish va yoʻl-yoʻriqlar berildi.
Maʼlumot uchun: tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur boʻlgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi maʻlumotlarni olishdan iboratdir.
Oʻz navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik maʻlumotlar shakllantiriladi.
Axborot xizmati