02/05/2025

   “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmonining 5-bandida  davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida mavjud maʻlumotlarni integratsiyalash va auditdan oʻtkazish vazifasi belgilangan. Bu jarayon barcha sohalar qatori  aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonida ham katta ahamiyatga ega.

    Shunga asosan joriy yilning 28-aprelidan 2-mayiga qadar viloyat boʻyicha tanlab olingan Urganch shahridagi “Kamolot” hamda Xiva tumanidagi “Shomaxulum” mahallalarida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʻlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

     Xorazm viloyati statistika boshqarmasi  mutaxassislari hamda intervyuyerlaridan iborat ishchi guruh tomonidan yuqoridagi mahallalarda aholi xatlovi amalga oshirilmoqda. Bu oʻz navbatida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʻlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish hamda aholini roʻyxatga olish ishlariga yanada puxta tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.

 

Axborot xizmati