Joriy yilning 2- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda boshqarma xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 8-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-136-sonli qarorining asosiy mohiyati bilan tanishdilar.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilish va kooperatsiya tizimini joriy etish jarayonlarini oʻzaro integratsiya qilish maqsadini koʻzlovchi ushbu qaror yuzasidan maʻlumot berib oʻtdi.
Axborot xizmati