02/05/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 6,8 % ga oʻsdi.

Yalpi ichki mahsulot oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 0,4 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,7 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,7 f.p. va xizmat koʻrsatish sohasi – 3,8 f.p. ijobiy hissa qoʻshgan.

 Mahsulotlarga sof soliqlarning oʻsishi hisobiga YAIM 0,2 f.p. ga koʻpaygan.

 2025-yilning yanvar-mart oylarida YAIM oʻsishida tarmoqlarning hissasi:

       xizmatlar – 3,8 %;

       sanoat – 1,7 %;

       qurilish – 0,7 %;

       qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 0,4 %;

       mahsulotlarga sof soliqlar – 0,2 % ni tashkil etgan.

 

Matbuot xizmati