06/05/2025

2025–yilning yanvar–mart oylarida Urganch tumanida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 416,4 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan  2,7 % ga oshgan.

Jami investitsiyalarning 50,5 %i yoki 210,1 mlrd soʻmi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Viloyat boʻyicha  oʻzlashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlarning  9,4 % ulushi Urganch tumaniga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati