2025- yil yanvar-mart oylarida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga 320,5 mlrd soʻmlik investitsiya oʻzlashtirilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda investitsiyalar hajmi 2,8 barobarga oshgan.
Umumiy hajmning 95,1 %i markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibida:
korxonalarning oʻz mablagʻlari – 44,1 mlrd soʻm
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar – 163,1 mlrd soʻm
aholi mablagʻlari – 65,4 mlrd soʻm
bank krediti va boshqa qarz mablagʻlari – 32,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Axborot xizmati