2025–yilning yanvar-mart oylarida Bogʻot tumanida 361,2 mlrd soʻmlik qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirilgan.
Mahsulot hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 305,9 mlrd soʻmi yoki 84,7 %i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Xususan, ushbu xoʻjaliklarda 302,2 mlrd soʻmlik chorvachilik, 3,4 mlrd soʻmlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan.
Axborot xizmati