13/05/2025

2025- yilning 12-may kuni Urganch shahridagi “Kamolot” mahallasida huquqiy targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.


Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov mahalla faollariga joriy yilning 24- fevralida qabul qilingan statistika tizimiga doir 2 ta asosiy hujjat  -  “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-sonli Prezident Farmoni va  “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qarorning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha batafsil maʻlumotlar berdi.

 

 

Axborot xizmati