13/05/2025

2025- yil yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Xonqa tumanida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 343,2 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 % ga oshgan.

Viloyatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida tumanning ulushi 10,2 % ga toʻgʻri kelgan.

Hisobot davrida ushbu hududda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibi:

 

goʻsht (tirik vaznda) – 4 122 tonna

sut – 25 264 tonna

tuxum – 17 397 ming dona

ovlangan baliq – 189,7 tonna.

 

 Axborot xizmati