2025- yil yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Qoʻshkoʻpir tumanida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 385,8 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 % ga oshgan.
Viloyatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida tumanning ulushi 10,2 % ga toʻgʻri kelgan.
Hisobot davrida ushbu hududda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibi:
goʻsht (tirik vaznda) – 7 219 tonna
sut – 21 483 tonna
tuxum – 4 449 ming dona
ovlangan baliq – 532,2 tonna.
Axborot xizmati