2025- yilning yanvar-mart oylarida Hazorasp tumani sanoatida 179,1 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 106,7 % ni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarish umumiy hajmining 4,6 %i yoki 8,3 mlrd soʻmini oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil qilgan.
Joriy yilning 1- aprel holatiga tumanda 175 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati