15/05/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Yangiariq tumanida  191,0 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda oʻsish surʻati 109,7 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra eng yuqori hajmga ega xizmat turlari:

 

transport xizmatlari – 60,8 mlrd soʻm

savdo xizmatlari – 42,8 mlrd soʻm

moliyaviy xizmatlar – 29,1 mlrd soʻm

shaxsiy xizmatlar – 13,1 mlrd soʻm

aloqa va axborotlashtirish – 12,9 mlrd soʻm.

 

Tumanda bozor xizmatlari umumiy hajmining 76,4 % ulushi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati