19/05/2025

2025- yilning 16-may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi  boʻlimi tomonidan oʻtkaziladigan tanlanma kuzatuv jarayonlariga bagʻishlangan press tur tashkil etildi.

Media-tur doirasida Urganch tumanida “Beshayvon” hamda Bogʻot tumanidagi “Ashxobod” mahallalarida intervyuyerlar tomonidan aholining turmush darajasini savolnomalar asosida oʻrganish metodikasi kuzatildi.

 

Uy xoʻjaliklari tanlama kuzatuvi aholining daromadlari, xarajatlari, oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan taʼminlanishi, savodxonlik va maʼlumot darajasi, yashash sharoitlari kabi  aholi turmush darajasini ifodalovchi 800 dan ortiq koʻrsatkichlarni shaklantirishning asosiy maʼlumot manbai boʻlib, mazkur koʻrsatkichlardan respublika aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalaniladi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, viloyat boʻyicha har oyda 42 ta mahalladan tasodifiy tanlanma asosida 91 ta uy xoʻjaliklarida ana shunday oʻrganishlar olib boriladi.



Axborot xizmati