2025- yilning 1- aprel holatiga Xiva shahrining doimiy aholisi soni 100,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida shahar aholi demografiyasining asosiy koʻrsatkichlari:
tugʻilish – 443 ta
vafot etganlar – 96 nafar
nikoh – 237 ta
ajralishlar – 29 ta
koʻchib kelganlar – 155 nafar
koʻchib ketganlar – 256 nafar.
Xiva shahri aholisining 49,8 ming nafarini erkaklar, 50,5 ming nafarini ayollar tashkil qilgan.
Axborot xizmati