2024/2025-oʻquv yili boshiga viloyatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar (oʻrindoshlarsiz) soni 34,4 ming kishini tashkil qilgan.
Shundan:
Ayol-oʻqituvchilar – 26,6 ming kishi (77,3 %)
Erkak-oʻqituvchilar – 7,8 ming kishi (22,7 %).
Ayol-oʻqituvchilarning eng yuqori ulushi Urganch shahriga toʻgʻri kelgan va 82,4 % ni tashkil qilgan.
Jami oʻqituvchilarning eng katta qismi Xonqa (3,7 ming kishi) tumani hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati