23/05/2025

2025- yilning 1- may holatiga viloyatimiz boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 2 954 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, ularning soni 359 taga oshgan.

Soha korxonalarining hududlar kesimidagi taqsimlanishi quyidagicha boʻlgan:

 

Gurlan tumanida – 442 ta

Xonqa tumanida – 331 ta

Urganch tumanida – 316 ta

Bogʻot tumanida – 282 ta

Yangiariq tumanida – 274 ta

Qoʻshkoʻpir tumanida – 273 ta

Yangibozor tumanida – 223 ta

Xiva tumanida – 219 ta

Shovot tumanida – 197 ta

Tuproqqalʻa tumanida – 136 ta

Hazorasp tumanida – 127 ta

Urganch shahrida – 76 ta

Xiva shahrida – 58 ta.

 

Axborot xizmati