Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajаnov tomonidan idora va tashkilotlarda statistika sohasiga oid yangiliklar, xususan, meʻyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida seminar tashkil etib kelmoqda.
Joriy yilning 23- may kuni ana shunday navbatdagi tadbir “Feruz-Xorazm” MCHJ da buxgalteriya bo‘limi xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida tadbir ishtirokchilariga maʻlumot berib oʻtildi.
Shuningdek, 2025-yilning 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmonining mazmun va mohiyati xususida suhbatlashildi.
Axborot xizmati