2025-yilning yanvar-aprel oylarida Bogʻot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 265,1 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 % ga oshgan.
Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 5,6 % ni tashkil qilgan.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibining 2,9 %i yirik korxonalar, 56,7 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, 40,4 %i uyushmagan savdo hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati