2024/2025- oʻquv yili boshiga viloyatimizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida 2,1 ming nafar professor-oʻqituvchi xodimlar (oʻrindoshlarsiz) faoliyat yuritgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 0,2 ming kishiga oshgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning 52,4 % ini (1,1 ming kishi) ayollar tashkil qilgan.
Maʼlumot oʻrnida: respublikasimizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan professor-oʻqituvchi xodimlar soni (oʻrindoshlarsiz) 49,6 ming kishini, shundan ayollar ulushi 46,2 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati