2025-yilning 1-may holatiga viloyatimiz boʻyicha sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 84 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.
Bu koʻrsatkich jami oilaviy korxonalar sonining 2,2 % ulushini tashkil etadi.
Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan sohada shu turdagi korxonalar soni 6,3 % (5 ta)ga oshgan.
Viloyatimizda faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2025- yilning 1- may holatiga koʻra 3 744 tani tashkil qilgan.
Axborot xizmati