Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 58,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,2 ming nafarga yoki 23,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida BAAga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
 
 sayyohlik – 51 610 nafar
 
 qarindoshlarni yoʻqlash – 6 415 nafar
 
 xizmat yuzasidan – 480 nafar
 
 davolanish – 178 nafar
 
 oʻqish – 93 nafar.

Matbuot xizmati



