2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 162 tani tashkil etdi.
Oʻtgan yilning 1- iyuni bilan taqqoslaganda, ularning soni 23,7 % ga oshgan.
Iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning tarkibi:
sanoat – 38 ta
savdo – 46 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 15 ta
qurilish – 14 ta
axborot va aloqa xizmatlari – 12 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 9 ta
tashish va saqlash xizmatlari – 4 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 2 ta
boshqa turlari – 22 ta.
Axborot xizmati