2025-yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida umumiy hajmi 633,1 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Oʻtgan yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,2 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 3 129,6 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.
Hudud sanoatida yuqori hajmga ega faoliyat turlari:
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 364,4 mlrd soʻm
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish - 210,4 mlrd soʻm
boshqa nometall buyumlar ishlab chiqarish - 10,1 mlrd soʻm.
Axborot xizmati