2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning Ozarbayjon bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2,2 mln AQSH dollarini tashkil qildi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 barobarga oʻsdi.
Tashqi savdo aylanmasining 2,1 mln dollari eksport tovarlari va xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Koʻrilayotgan davrda viloyatimizdan Ozarbayjonga eksport qilingan tovar (xizmatlar) hajmi:
oziq-ovqat mahsulotlari – 1,4 mln dollar
sanoat tovarlari – 0,4 mln dollar
nooziq-ovqat mahsulotlari – 0,2 mln dollar
har xil tayyor buyumlar – 0,1 mln dollar
xizmatlar – 0,1 mln dollar.
Axborot xizmati