04/07/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida 191,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 45,7 % oʻsish kuzatildi.

Viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmida tumanning ulushi 5,5 % ni tashkil qildi.

 

Bajarilgan qurilish ishlarining faoliyat turlari kesimidagi tarkibida:

 

bino va inshootlar qurilishi – 123,4 mlrd soʻmni

fuqarolik obyektlari qurilish ishlari – 63,2 mlrd soʻmni

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 4,6 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Axborot xizmati