Joriy yilning yanvar-may oylarida Hazorasp tumanida 129,6 mlrd soʻmlik savdo xizmatlari koʻrsatildi.
2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan xizmatlar hajmi 22,8 % ga oʻsdi.
Viloyat jami savdo xizmatlari tarkibida tumanning ulushi 7,8 % ni tashkil qildi.
Maʼlumot oʻrnida: viloyat boʻyicha 2025-yilning yanvar-may oylarida 1 652,5 mlrd soʻmlik savdo xizmatlari koʻrsatilgan (oʻsish 9,4 %).
Axborot xizmati