2025- yilning yanvar-may oylarida Urganch shahrida umumiy hajmi 416,0 mlrd soʻmlik yangi qurilish ishlari bajarildi.
Bu koʻrsatkich viloyatdagi jami yangi qurilish ishlarining 13,4 % ulushini tashkil qilgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 % ga oshdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha yangi qurilish ishlarining 77,4 %i yoki 322,1 mlrd soʻmi bino va inshootlar qurilishi tashkil qildi.
Axborot xizmati