14/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli 4 522,1 mingta avtotransport vositalari roʻyxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 %) tashkil etadi.

 

2025-yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.

2025-yilning 1-aprel holatiga jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari boʻyicha soni quyidagicha:

 

yengil avtomobillar – 4 207,6 ming dona;

yuk avtomobillari – 293,3 ming dona;

mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;

maxsus transport vositalari – 7,4 ming dona;

avtobuslar – 6,1 ming dona.

 

 

Matbuot xizmati