04/08/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 19 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 90 099 dona televizor import qilingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43 455 donaga yoki 93,1 % ga oshgan.

Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp televizor yetkazib bergan davlatlar:

 

Xitoy – 63 447 dona

Vyetnam – 10 240 dona

Qozogʻiston – 7 410 dona

Indoneziya – 5 652 dona

Hindiston – 2 918 dona

Boshqa davlatlar – 432 dona.

 

 Matbuot xizmati