Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 13,4 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.
2024-yilning 6 oyi bilan taqqoslaganda, oʻsish surʼati 109,8 % ni tashkil qilgan.
Tahlillar poliz ekinlarining 9,3 ming tonnasi fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelganini koʻrsatmoqda.
Hududlar kesimida eng koʻp shu turdagi qishloq xoʻjalik mahsuloti Xonqa (3,0 ming tonna), Xiva (2,3 ming tonna), Qoʻshkoʻpir (1,4 ming tonna) va Yangibozor tumanlarida (1,2 ming tonna) yetishtirilgan.
Axborot xizmati