Ma’lumki yurtimizda aholini ro‘yhatga olish yuzasidan keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Albatta bu bugungi kun zarurati o‘laroq amalga oshirilmoqda. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 36 yil avval bo‘lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zo mamlakatlarni har 10 yilda aholini to‘liq ro‘yxatga olishni tavsiya etadi, chunki bu kelgusi dekadalarda mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘la oladigan ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanish imkonini beradi.
Aholini ro‘yxatga olish nafaqat aholi soni va demografiyasi balki oilaviy ahvoli, yashash sharoiti, bandligi, jinsi, yosh darajalari, fuqaroligi, hududlarda aholi zichlik darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari haqida ishonchli ma’lumot to‘plash imkonini beradi. Bu o‘z navbatida hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish, bo‘sh ish o‘rinlarini tashkil etishga yordam beradi. Bundan tashqari hududlarning xaritalaridagi mavjud xatoliklarga yechim topish bo‘yicha aniq takliflar berish imkonini vujudga keltiradi. Hozirda doimiy targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilishi, joylarda keng qamrovli tushuntirishlar berilib, aholini ro‘yxatga olish mazmun mohiyati yoritilishi o‘ylaymizki o‘z samarasini beradi
Xoram viloyati statistika boshqarmasi
Roʻyxatga olish jarayonlarini
tashkil qilish va oʻtkazish boʻlimi
boshligʻi J.B.Bekchanov.