Xorazm viloyati statistika boshqarmasida meʻyoriy-huquqiy hujjatlarning targʻiboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi shu kabi seminar joriy yilning 15- avgust kuni oʻtkazildi.
Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va unda statistika tizimiga doir qonunchilik hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar boʻyicha axborot berdi.
Shuningdek, seminarda Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 612-soni qarorining mazmuni va ahamiyati tanishtirildi.
Axborot xizmati