2025- yilning yanvar-iyun oyi yakunlariga koʻra, Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 958,3 mlrd soʻmni tashkil etgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,8 % ga oshgan.
Shundan:
yirik korxonalar savdosi – 19,8 mlrd soʻmni
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 938,4 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga chakana savdoning oʻrtacha hajmi 4 365,7 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
Maʼlumot uchun: 2025-yilning 1-iyul holatiga tumanda 617 ta korxona chakana savdo yoʻnalishida faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati