19/08/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 14,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Xitoyga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,9 ming nafarga yoki 88,5 % ga oshgan.

Joriy yilning 6 oyida Xitoyga borgan Oʻzbekiston fuqarolari soni safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

sayohat – 11 390 nafar

qarindoshlarni yoʻqlash – 2 089 nafar

xizmat yuzasidan – 595 nafar

oʻqish – 521 nafar

davolanish – 23 nafar.

 

Matbuot xizmati