Aholini ro‘yxatga olish natijasida avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi (barcha aholi punktlari boʻyicha), oilaviy ahvoli, maʼlumoti, kasbi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari kabilar boʻyicha batafsil maʼlumot toʻplanadi.
Binobarin, mazkur koʻrsatkichlar orqali aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisoblanadi. Oʻz navbatida, yurtdoshlarimizning migratsiyasi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar shakllantiriladi.
Bundan tashqari, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.
Chunonchi, aholi punktlari infratuzilmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va samarali joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu maʼlumotlar nihoyatda qoʻl keladi. Shuningdek, aholini roʻyxatga olish natijasida milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish koʻrsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yaratiladi.
J.B.Bekchanov
Xoram viloyati statistika boshqarmasi
Roʻyxatga olish jarayonlarini
tashkil qilish va oʻtkazish boʻlimi
boshligʻi