Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 575,6 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Sanoat ishlab chiqarishi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga oshgan.
Oʻzbekistonda 2025-yilning 1-avgust holatiga 58,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Matbuot xizmati