27/08/2025

Joriy yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatimiz boʻyicha 3 031,3 mlrd soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, 2024-yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 16,7 % ga oʻsgan.

Transport  xizmatlari umumiy hajmining 85,3 % ulushi avtomobil transporti xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Hududlar orasida transport xizmatlarining eng yuqori hajmi Urganch shahrida qayd etilgan boʻlib, 553,9 mlrd soʻmni tashkil qilgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 % ga oshgan.

 

Axborot xizmati