2025- yilning yanvar-iyun oylarida Shovot tumanida hajmi 948,9 mlrd soʻm boʻlgan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, viloyatdagi ulushi 10,2 % ni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 102,6 % ni tashkil etdi.
Tumanda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmining tarkibida:
goʻsht (tirik vaznda) – 9,9 ming tonnani
sut – 60,2 ming tonnani
tuxum – 18,4 mln donani
ovlangan baliq – 0,6 ming tonnani tashkil etdi.
Axborot xizmati