Joriy yilning 1- avgust holatiga Urganch shahrida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 7 536 tani tashkil etib, shundan 5 121 tasi (68,0 %i) faoliyat yuritgan.
Iqtisodiy yoʻnalishlar boʻyicha eng koʻp korxona savdo (1 668 ta), sanoat (643 ta), yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar (384 ta), qurilish (349 ta), sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (222 ta), tashish va saqlash boʻyicha xizmatlar (204 ta) sohalari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Faoliyat yuritayotgan korxonalarning 4 367 tasini (85,3 %ini) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.
Axborot xizmati