2025- yilning yanvar-iyul oyi yakunlariga koʻra, Tuproqqalʼa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 198,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,1 % darajada qayd etilgan.
Bu viloyat boʻyicha eng yuqori oʻsish koʻrsatkichidir.
Tumanda aholi jon boshiga chakana savdoning oʻrtacha hajmi 3 255,3 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati