28/08/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–iyul oylarida 2,9 mln nafar chet ellik ayollar turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 696,7 ming nafarga yoki 31,9 foizga oʻsdi.

 Davlatlar kesimida qaralganda:

Qirgʻiz Respublikasi – 959,1 ming nafar (33,3 %);

Qozogʻiston – 781,7 ming nafar (27,2 %);

Tojikiston – 595,5 ming nafar (20,7 %);

Rossiya – 246 ming nafar (8,5 %);

Boshqa davlatlar – 295,3 ming nafar (10,3 %).

 

 Matbuot xizmati