28/08/2025

Joriy yilning 27-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy statistika organlari xodimlari uchun sayyor oʻquv-seminari oʻtkazildi.

   Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlar uchun “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Xususan, ishtirokchilarga tadbirkorlik subyektlari uchun maslahat va axborot-tahliliy koʻmak koʻrsatish tizimini joriy etish boʻyicha Qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan mazkur konsalting xizmatining konsepsiyasi va koʻrsatish tartibi tushuntirib oʻtildi.

Seminarda statistika organlarida konsalting xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini tashkil etish mexanizmlari aniq misollar bilan koʻrsatib oʻtildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati