Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatga qiymati 10,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan mebel va mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Mebel va mebel mahsulotlari eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 949 ming AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston 2025-yilning 7 oyida eng koʻp mebel va mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar (AQSH dollari):
Rossiya – 4,4 mln
Qozogʻiston – 2,8 mln
Ozarbayjon – 1,2 mln
Tojikiston – 808,2 ming
Qirgʻiz R. – 562,5 ming
Armaniston – 187,6 ming
Gruziya – 105,4 ming
Belarus – 104,2 ming
Boshqa davlatlar – 328,6 ming.
Matbuot xizmati