15/09/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari soni 414 341 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida dehqon xoʻjaliklari soni quyidagicha:

 

Andijon viloyatida – 67 197 ta;

Samarqand viloyatida – 50 608 ta;

Fargʻona viloyatida – 40 701 ta;

 Namangan viloyatida – 39 535 ta;

Xorazm viloyatida – 39 388 ta;

 Qashqadaryo viloyatida – 34 744 ta;

 Buxoro viloyatida – 31 893 ta;

Surxondaryo viloyatida – 27 639 ta;

Toshkent viloyatida – 24 757 ta;

Jizzax viloyatida – 21 225 ta;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 14 785 ta;

Sirdaryo viloyatida – 11 954 ta;

Navoiy viloyatida – 9 887 ta;

Toshkent shahrida – 28 tani tashkil etgan.

Matbuot xizmati