16/09/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 13,9 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 % ga oshgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida telekommunikatsiya xizmatlari ulushi 33,4 % ni egallagan.

Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi:

Toshkent shahri – 5 853,4 mlrd soʻm

Fargʻona viloyati – 1 018 mlrd soʻm

Samarqand viloyati – 1 000,6 mlrd soʻm

Andijon viloyati – 793,8 mlrd soʻm

Toshkent viloyati – 743 mlrd soʻm

Qashqadaryo viloyati – 720,6 mlrd soʻm

Namangan viloyati – 701,8 mlrd soʻm

Surxondaryo viloyati – 565 mlrd soʻm

Buxoro viloyati – 559,1 mlrd soʻm

Qoraqalpogʻiston Resp. – 524,9 mlrd soʻm

Xorazm viloyati – 516,1 mlrd soʻm

Navoiy viloyati – 339,5 mlrd soʻm

Jizzax viloyati – 328,9 mlrd soʻm

Sirdaryo viloyati – 255 mlrd soʻm

 

Matbuot xizmati