16/09/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 1 mln dona qorakoʻl teri olingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 % ga oshgan.

Olingan qorakoʻl terining umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Buxoro viloyatiga (40,9 %) toʻgʻri keldi.

Hududlar kesimida olingan qorakoʻl teri hajmi:

Buxoro viloyati – 415,6 ming dona

Navoiy viloyati – 298,6 ming dona

Qashqadaryo viloyati – 180,7 ming dona

Qoraqalpogʻiston Resp. – 77,4 ming dona

Samarqand viloyati – 23,3 ming dona

Surxondaryo viloyati – 9,5 ming dona

Xorazm viloyati – 6,2 ming dona

Jizzax viloyati – 3,5 ming dona

 

Matbuot xizmati