23/09/2025

Lavozim: Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha mutaxassis (6 oylik vaqtincha ish).

Mutaxassis yuklatilgan vazifalarni masʼuliyat bilan va samarali bajargan taqdirda, uni doimiy ishga qabul qilish masalasi tashkilot tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.

Tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining hududiy statistika boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari).

Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni.

Vazifalar:

  • Roʻyxatga olish sohasi boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, tashkiliy chora-tadbirlar va Respublika komissiyasi hujjatlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi taʼminlanishiga masʼul boʻlish.
  • Roʻyxatga olish tadbiri yuzasidan aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish (koʻrsatuv va radioeshittirishlar, seminarlar va boshqalar) hamda ushbu masala boʻyicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar koordinatsiyasini yuritish.
  • Tuman va shaharlarda roʻyxatga olishga tayyorgarlik va uni oʻtkazish jarayonlarida tuziladigan hududiy komissiyalar va shtablar, shuningdek roʻyxatga olish va hisob uchastkalari faoliyatini muvofiqlashtirish va amaliy qoʻllab-quvvatlash.
  • Hududlarda vaqtincha jalb etiladigan “Mahalla yettiligi” xodimlari roʻyxatini shakllantirish, yangilab borish va ularni oʻqitish ishlarida ishtirok etish.
  • Hududiy kadastr organlari bilan hamkorlikda mahalla xaritalarini yangilash hamda tuman-shaharlarning tashkiliy rejalarini tuzish ishlarini muvofiqlashtirish.
  • Roʻyxatga olish jarayonlarini sifatli oʻtkazilishini taʼminlashda ishtirok etish va roʻyxatga oid statistik koʻrsatkichlarning ishonchliligini, haqqoniyligini, toʻliqligini va tizimliligini taʼminlash.

Talablar va malakalar:

  • Oliy maʼlumot (iqtisodiyot, statistika, demografiya, sotsiologiya, axborot texnologiyalari yoʻnalishlari ustuvor).
  • Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ishlash tajribasi.
  • Roʻyxatga olish jarayonlari boʻyicha milliy meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalar bilan ishlay olish.
  • Soʻrovnoma va hisobot shakllari bilan ishlash koʻnikmalari.
  • Jamoa bilan ishlash va aholi bilan muloqot qilish koʻnikmalari.
  • Kompyuter dasturlari (Word, Excel) va asosiy axborot tizimlaridan foydalana olish.
  • Oʻzbek tilini mukammal bilishi shart; rus tilini kundalik ishda qoʻllay olishi lozim.

Qoʻshimcha afzalliklar:

  • Statistika yoki roʻyxatga olish sohasiga oid seminar va oʻquvlarda ishtirok etganlik.
  • Zamonaviy oʻquv vositalaridan (onlayn kurslar, interaktiv dasturlar) foydalanish koʻnikmasi.
  • Axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish qoidalarini bilish.

Ish shartlari:

  • Ish davri: 6 oy — 2025-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-aprelgacha.
  • Ish haqi: oyiga 6 mln soʻmdan yuqori.

Murojat uchun telefon raqam:+998 97-517-09-30 Jumaniyazov Alisher