2025-yilning 26-sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xususan, seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajanov “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Seminar davomida mazkur Farmon aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy holati, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xoʻjaligining ahvoli va tarkibi, shuningdek, aholining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini baholash imkonini beruvchi maʻlumotlar bazasini shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan holda qabul qilinganligi taʻkidlandi.
Shuningdek, roʻyxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori darajada tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʻlumotlar berildi
Axborot xizmati