30/09/2025

2025-yilning 29-sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Xususan, seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajanov:

1.“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-son Qonuni;

2.“Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini jalb qilgan holda vaucher asosida kasb va xorijiy tillarga oʻqitish tizimini joriy qilish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 527-son qarorlari hamda sentabr oyida yangidan qabul qiligan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida yigʻilish ishtirokchilarga tushuntirib oʻtildi.   

 

          Axborot xizmati